Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Z.Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Eronshoh” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Gulmurod Elmurod” fermer xo‘jaligida bo‘lib, g‘alla yig‘im-terimi ishlarining borishi bilan tanishdilar.
⚡️Tashrif davomida fermer xo‘jaligida yetishtirilgan g‘alla hosilini qisqa muddatlarda va nobudgarchiliksiz yig‘ib olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ayni paytda xo‘jalikning g‘alla maydonlarida o‘rim-yig‘im ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgan bo‘lib, zamonaviy texnika va mexanizmlardan samarali foydalanilmoqda.
⚡️O‘rganish jarayonida “G‘alla–2026” tadbirlari doirasida yuqori tashkilotchilik va mehnat samaradorligini namoyon etib kelayotgan 7–14 kombayn otryadi jamoasining faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Jamoa a’zolari mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish, hosilni sifatli va o‘z vaqtida yig‘ib olish borasida munosib hissa qo‘shayotganligi ta’kidlandi.
⚡️Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi nomidan 7–14 kombayn otryadi jamoasiga sidqidildan mehnat qilib, g‘alla yig‘im-terimi ishlarida faol ishtirok etayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirildi hamda kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilab qolindi.
⚡️Bugungi kunda tumanda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, dehqon va fermerlarning samarali mehnatini qo‘llab-quvvatlash hamda hosilni nobudgarchiliksiz yig‘ib olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda. Bu esa mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.