Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Senat a’zosi O‘.N. Axunovning Jalaquduq tumaniga tashrifi

           O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi O‘.N.
Axunov bugun Jalaquduq tumanida bo‘lib, tuman Kengashi faoliyat yuritishi uchun kapital ta’mirlanayotgan bino holati hamda ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Shundan so‘ng doimiy komissiyalar raislari, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda kotibiyat xodimlari bilan amaliy muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida doimiy komissiyalar a’zolari va deputatlarning sohaviy qonunchilik hujjatlarini bilish darajasi, ularning joylardagi ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyati, partiya guruhlari, doimiy komissiyalar hamda
kotibiyatning qonuniy vakolat va vazifalarini anglash hamda ularni amalga oshirish holati yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan har tomonlama rivojlantirishdagi o‘rni va ta’sirchanligini yanada kuchaytirish, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlarida munosib ishtirok etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Tashrif davomida viloyat Kengashi raisi O‘.N. Axunovga Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi raisi Sh. Xayitoxunov
hamda kotibiyat mudiri I. Jo‘rayev hamrohlik qildilar.
 

   

Slide 1 of 7