Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman soliq inspeksiyasi faoliyati bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlanmoqda
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” yig‘ilishida yangi tashabbuslar ilgari surildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi hamda "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida oxirgi 5 yil davomida bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga kam kirgan umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, pedagoglarning kasbiy mahorati hamda o‘quvchilarning davomatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, 2024–2025-o‘quv yilida tumandagi 56 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarini jami 1436 nafar bitiruvchi tamomlagani, shundan 832 nafari qiz bolalarni tashkil etgani ma’lum qilindi.

Bitiruvchilarning 1282 nafari Respublika oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan bo‘lib, Bilim va malakalarni baholash agentligi natijalariga ko‘ra:
🔹 113 nafari davlat granti;
🔹 340 nafari to‘lov-kontrakt asosida davlat OTMlariga talabalikka tavsiya etilgan.

Bundan tashqari:
🔹 364 nafar bitiruvchi nodavlat va xorijiy OTM filiallariga qabul qilingan.

Natijada jami 818 nafar bitiruvchi yoki 56,9 foiz o‘quvchi oliy ta’lim bilan qamrab olingani qayd etildi.

Shuningdek:
▪️ 76 nafari texnikum va kasb-hunar yo‘nalishlariga;
▪️ 325 nafari korxona va fermer xo‘jaliklariga mavsumiy ishlarga;
▪️ 79 nafari o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga;
▪️ 9 nafari harbiy-vatanparvarlik o‘quv texnika sport klublariga;
▪️ 72 nafari turli o‘quv markazlariga yo‘naltirilgani ma’lum qilindi.

Qolgan bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari bilan hamkorlikda manzilli choralar belgilanganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, 2025–2026-o‘quv yilida 56 ta umumta’lim maktablarini 1445 nafar o‘quvchi bitirishi kutilayotgani, ularning 94 foizi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgani qayd etildi.

Muhokama davomida "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolari tomonidan ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, davomatni mustahkamlash hamda pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 7