Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman soliq inspeksiyasi faoliyati bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlanmoqda
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” yig‘ilishida yangi tashabbuslar ilgari surildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xavfsizlik va sanitariya talablariga rioya etilishi o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xavfsizlik va sanitariya talablariga rioya etilishi o‘rganildi

🏛 “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida yong‘in, elektr, sanitariya va umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatini o‘rganish to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Shomansur Sagdullayev, Nigora Eshmetova, Xabibulla Akilov hamda Aziz Ibragimov tomonidan Toshkent shahridagi bir qator davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganishlar davomida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yong‘in va elektr xavfsizligi, sanitariya talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati, muassasalarning moddiy-texnik bazasi hamda umumiy xavfsizlik tizimi atroflicha tahlil qilindi.

📍 Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 433-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat mahsulotlari omborxonada tartibsiz joylashtirilgani, elektr isitish uskunalari eskirgani, muzlatkich va sovitish tizimlari talab darajasida ishlamayotgani, ichimlik suvi tizimida nosozliklar mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, elektr uskunalari va o‘chirib-yoqish moslamalarining avariya holatida ekani, videokuzatuv kameralarining yetarli emasligi, ayrim vakant ish o‘rinlari mavjudligi hamda bino va hudud ta’mirtalab holga kelgani qayd etildi.

📁 Bundan tashqari, 518-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining hovlisi ham ta’mirtalab holatda ekani aniqlanib, mazkur masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish, sanitariya hamda texnik xavfsizlik talablarini to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va ushbu masalalar deputatlar tomonidan alohida nazoratga olindi.

📌 O‘rganishlar davomida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida, xususan aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy soha obyektlari holatini yaxshilash, bolalar xavfsizligini ta’minlash va hududlardagi muammolarni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Bunday nazorat tadbirlari ta’lim muassasalarida xavfsizlikni kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7