Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi
янв.21
Bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuproqqalʼada murojaatlar bilan ishlash tizimi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
20-son “Nurobod” saylov okrugida soliq tushumlari ijrosi va mahalla hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Soliq tushumlari va yashirin rezervlarni aniqlash borasidagi ishlar o‘rganildi
Doimiy komissiya yig‘ilishida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyasi yig‘ilishida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning 4 oyi davomida oilaviy nizolarni bartaraf etish, oilalarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish borasida amalga oshirilgan ishlar yakuni muhokama qilindi.

Hisobotda qayd etilishicha, tumanda o‘tgan davr mobaynida 111 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, shundan 85 tasi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, ajrimlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 taga oshgani ma’lum qilindi.

Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan notinch oilalar bilan manzilli ishlash natijasida 15 ta oilani yarashtirishga erishilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich notinch oilalarning 88,2 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, 30 yoshgacha bo‘lgan 75 nafar yosh “Oilaga qayta tayyorlash” kurslarida o‘qitilgan, 6 ta oilaning shar’iy nikohi qonuniy tartibda rasmiylashtirilgan.

Bo‘lim tomonidan 35 nafar ayolga huquqiy yordam ko‘rsatilgan, 86 nafar ayol o‘rtasida esa tibbiy madaniyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.

Yig‘ilish davomida otalikni belgilash bilan bog‘liq holatlar ham tahlil qilinib, 2025-yilda 26 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 22 tani tashkil qilgani qayd etildi. Shuningdek, yolg‘iz onalar soni o‘tgan yilgi 5 nafardan 3 nafarga kamayib, 60 foizlik pasayish kuzatilgani alohida ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1