Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
Хalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X. Sharipov tomonidan tumandagi “Gulobod” mahallasi hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganild

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X. Sharipov tomonidan tumandagi “Gulobod” mahallasi hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.

📥O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

⭐️Uchrashuv davomida hokim yordamchisi bilan mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🌐Yakunda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida manzilli chora-tadbirlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3