🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov tomonidan “Shodlik” MFY “yettiligi” aʼzolari hamda tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda aholi muammolarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔸O‘tkazilgan uchrashuv davomida hududdagi fuqarolar tomonidan, kadastr hujjatlariga oid masalalar, ichimlik suvi, elektr energiya, obodonlashtirish bo‘yicha bir-qator murojaatlar bildirildi.
🔸Ushbu masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib hamda ularni hal etilishi bo‘yicha masʼul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganildi va ijrosi yuzasidan deputat tomonidan nazoratga olindi.