Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
Kosonsoy tumanida “Soycha” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Dilmurod Qodirov tomonidan “Soycha” mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

✍️Mazkur qabulda tegishli tashkilotlar va xizmat ko‘rsatish korxonalari mas’ullari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📉 Qabuldan asosiy maqsad — aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan muammolarni bevosita joyida o‘rganish va amaliy yechimlar topishdan iborat bo‘ldi.

📌Qabul davomida fuqarolar tomonidan:

✔️turmush sharoitlarini yaxshilash,

✔️ijtimoiy muammolarni hal etish,

✔️infratuzilma (yo‘l, elektr, suv ta’minoti) bilan bog‘liq masalalar,

✔️tibbiy xizmat sifati,

✔️yer va uy-joy masalalari,

✔️moddiy yordam ajratish,

✔️bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

🗓️ Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ayrim muammolar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha vaqt va o‘rganish talab qiladigan masalalar esa tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, mutasaddi tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirildi.

❗️ Qabul jarayonida mutasaddilarga murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish, fuqarolar bilan ishlashda mas’uliyatni yanada kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1