Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
Deputat murojaati asosida Ekopolitsiya tomonidan tezkor choralar ko‘rild

 Deputat murojaati asosida Ekopolitsiya tomonidan tezkor choralar ko‘rildi

🏦Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 19-sessiyasida Kosonsoy tuman Ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘iga deputat J. Abdullaev tomonidan muhim masala yuzasidan savol yo‘llangan edi.

✍️Unda tuman markazidagi A. Jomiy ko‘chasida daraxtlarning qurib ketayotgani, shuningdek, ayrim tadbirkorlar tomonidan daraxt atrofi beton (asfalt) bilan qoplab olingani holati ko‘tarilib, ushbu muammoga zudlik bilan chora ko‘rish zarurligi ta’kidlangan.

🛑 Mazkur murojaat asosida Ekopolitsiya xodimlari tomonidan profilaktik reyd-nazorat tadbirlari tashkil etildi.

📉O‘rganishlar davomida A. Jomiy ko‘chasida joylashgan hududda tadbirkor N.P. tomonidan daraxtlar tagi asfalt qilingani aniqlangan. Mazkur holat daraxtlarning tabiiy o‘sishi va oziqlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

❗️ Shundan so‘ng mas’ullar tomonidan tadbirkorga daraxt atrofi ochilishi va avvalgi holatga keltirilishi yuzasidan zudlik bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

💬 Shuningdek, biomeros obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga rioya etish zarurligi, bunday huquqbuzarliklarni takrorlamaslik yuzasidan qat’iy ogohlantirildi.

✔️Ushbu tezkor chora-tadbirlar hududda ekologik muvozanatni saqlash, yashil hududlarni asrash hamda qonunchilik ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi

Slide 1 of 3