Kosonsoy tumanida tibbiyot birlashmasini o‘rganish oldidan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi
🌐O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Kosonsoy tuman Tibbiyot birlashmasi faoliyatini o‘rganish yuzasidan ishchi guruhning dastlabki yig‘ilishi o‘tkazildi.
✍️ Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi raisi O.Qoriyev raislik qildi hamda ishchi guruh a’zolari ishtirok etdi.
📉 Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:
✔️tibbiyot birlashmasi faoliyatini tizimli va xolis o‘rganish tartibi,
✔️korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha nazorat mexanizmlari,
✔️muassasa faoliyatini maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida tahlil qilish,
✔️aniqlanishi mumkin bo‘lgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilash.
📌 Shuningdek, o‘rganish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida aniq ish rejasi ishlab chiqilib, ishchi guruh a’zolari o‘rtasida vazifalar taqsimlandi.
💬 Yig‘ilishda so‘z olganlar tibbiyot sohasida shaffoflikni ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.
❗️ Muhokamalar yakunida o‘rganish ishlarini belgilangan tartib asosida, ochiqlik va adolat tamoyillariga amal qilgan holda olib borish, natijalari yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.
ℹ️ Mazkur yig‘ilish tibbiyot tizimida qonunchilik ijrosini ta’minlash, korrupsiyaviy omillarning oldini olish hamda aholiga sifatli va shaffof xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi