Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
DEPUTAT TOMONIDAN “OQ BULOQ” MFYDA ICHIMLIK SUVI VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi 17-Oqbuloq saylov okrugi deputati Xasamiddinov Muzaffar Paxtakor tumanida amalga oshirilayotgan dasturlar ijrosi doirasida tumandagi “Oq buloq” MFY hududida olib borilayotgan ichimlik suv ta’minoti tizimini qurish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish mobaynida loyiha doirasida ko‘zda tutilgan barcha vazifalarning izchil amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan ushbu loyiha hudud aholisini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, deputat mahalla aholisi bilan bevosita uchrashib, ularning murojaatlari, taklif va muammolarini tingladi. Deputat har bir murojaatni atroflicha o‘rganib chiqib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yo‘naltirishini ma’lum qildi.

Slide 1 of 3