Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
Mahalla raisi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Qudrat Sadullayev tomonidan “Obod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi faoliyati, aholining murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahallada obodonlashtirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolar bilan muloqotni kuchaytirish hamda mahalla raisi tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan mahallada mavjud masalalarni joyida o‘rganish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda mahalla raisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganish ishlari “mahalla yettiligi — mahalliy Kengash — Senat” hamkorligini mustahkamlash, aholining muammolarini mahalla darajasida aniqlash va ularni tizimli hal etishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1