Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
“O‘zbekiston” mahallasida deputatlar va mahalla yettiligi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari ish rejaga asosan “O‘zbekiston” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot oldi.

Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari tomonidan mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Deputatlar tomonidan mazkur taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida hududni yanada rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish hamda mahalla tizimi samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 6