Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
#o'rganish #nazorat

Olmaliq shahrida "mahalla yettiligi" faoliyatini tahlil qilish hamda hududiy muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan deputatlik o‘rganishlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Ibn Sino mahallasi bo‘ldi.

O‘rganishda Kotibiyat mudiri Sevara Qodirova, deputatlar Adham Xasanov, Shodiya Alijonova, Abdujabbor Djurayev, Sayfiddin Subanov, hudud deputati Oybek Qurolboyev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva ishtirok etishdi.

Ishchi guruh tomonidan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektorining bugungi kunga qadar amalga oshirgan ishlari  savolnoma asosida ko‘rib chiqildi.

Natija

🤝Mahallada "yettilik" a’zolari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va hamkorlik namunali darajada yo‘lga qo‘yilgan.

🧹 Mahalla hududi toza va ozoda saqlanmoqda, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish borasida muammolar mavjud emasligi aniqlandi.

O‘rganish davomida mahallaning ichki ko‘chalarini ta’mirlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar tomonidan mazkur muammoni hal etish uchun "Tashabbusli budjet" loyihasining navbatdagi bosqichida faol ishtirok etish hamda bu borada aholini faollikka chaqirish taklifi berildi.

✍️Xulosa:

Hujjatlar yuzasidan aniqlangan ba’zi kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga uslubiy tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

✅ Maqsadimiz — har bir mahallani obod, tizimni esa shaffof qilishdir!

Slide 1 of 10