Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
#nazorat #murojaat #yechim

Olmaliq shahar Kengashi raisi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhning "Kimyogar" mahallasidagi o‘rganishlari davomida kutilmagan, ammo kechiktirib bo‘lmas murojaat kelib tushdi.

Mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro yordam so‘rab murojaat qildi. Uning farzandi ruhiy xastalikdan aziyat chekayotgani, vaziyat og‘irlashib, onasiga bo‘ysunmayotgani va uy sharoitida nazorat qilish imkonsiz bo‘lib qolganini ma’lum qildi.

Deputatlar tomonidan mazkur masala darhol nazoratga olindi.

Muloqot va hamkorlik: Shahar Tibbiyot birlashmasi bilan bog‘lanib, mutaxassislar jalb etildi.

Deputatlik ko‘magi: Shahar Kengashi deputati, tajribali nevrapatolog Sayfiddin Subanov fuqaroni shaxsan nazoratga olib, bemorning holatidan kelib chiqib, zarur hujjatlar va yo‘llanma tayyorlandi. Fuqaro shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasiga statsionar davolanishga yotqizildi.

🌟 Ijobiy natija:

Onaning mushkuli oson bo‘ldi, bemor esa malakali tibbiy yordam olishni boshladi. Bu holat deputatlarning nafaqat qog‘ozda, balki amalda aholi dardi bilan yashayotganini ko‘rsatadi.

✅Deputatlarning maqsadi — har bir xonadonga kirish, har bir muammoning tubiga yetish va xalqning og‘irini yengil qilishdir.

Slide 1 of 5