Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
#muloqot

Bugun Olmaliq shahridagi 2-sonli texnikum binosida muhim siyosiy va ijtimoiy muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 8-aprel kuni Toshkent viloyatida o‘tkazilgan islohotlar samaradorligi va istiqbolli loyihalar taqdimotiga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalarga bag‘ishlandi.

Tadbirda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova hamda deputat Muhiddin Abdullayev ishtirok etdilar.

✅ Xabardorlikni oshirish: Prezidentimiz tomonidan viloyatni rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar va yangi loyihalarning mazmun-mohiyatini aholiga sodda va hayotiy misollar bilan yetkazish;

✅ Islohotlar tahlili: Hududda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning har bir fuqaro hayotiga ta’sirini tushuntirish;

✅ Fuqarolik pozitsiyasi: Jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash va daxldorlik hissini oshirish.

🤝 Ochiq muloqot ruhida:

Deputatlar aholi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lib, bugungi islohotlar nafaqat raqamlarda, balki mahallalar qiyofasida, yangi ish o‘rinlari va ijtimoiy qulayliklarda aks etayotganini ta’kidladilar. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, hududni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini ham bildirdilar.

Slide 1 of 5