Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI

MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI

Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Egamberdiyev tomonidan “Yakkatut” MFY hududidagi Saparcha qishlog‘ida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat maktabning yangi qurilgan o‘quv binolari, zamonaviy jihozlangan sinf xonalari hamda o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun barpo etilgan sport zallarining holati bilan yaqindan tanishdi.

Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅ O‘quv xonalarining yorug‘ligi va dars jarayonlari uchun qulayligi;

✅ Sport zalidagi sharoitlar va inventarlarning mavjudligi;

✅ Binoning xavfsizlik va sanitariya talablariga javob berishi.

Ta’lim maskanidagi bunday yangilanishlar chekka qishloqlardagi yoshlarning ham zamonaviy bilim olishlari va sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari uchun xizmat qiladi. 

Maqsadimiz — farzandlarimizga munosib sharoit yaratish va ularning kamolotiga hissa qo‘shishdir

DEPUTAT_FAOLIYATI (https://t.me/kitob_tuman_Kengashi)

Slide 1 of 5