Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
Majburiy ijro byurosi faoliyati o‘rganildi

Majburiy ijro byurosi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Ashrapova Iqbolxon Qutbiddinovna tomonidan Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘limda ijro hujjatlari bilan ishlash holati, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayoni, sud hujjatlari va boshqa vakolatli organlar qarorlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi bilan muloqot qilish, ijro intizomini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi mavjud masalalar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha sohadagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish hamda ijro jarayonlarida ochiqlik va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan takliflar bildirildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram

Slide 1 of 1