Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
Tumanda o’tkazilgan buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti natijasi bilan deputat borib tanishdi.

Yaqin yillargacha buyrak ko’chirib o’tkazish kabi murakkab va yuqori texnologik amaliyotlar uchun yurtdoshlarimiz xorijga borishga majbur edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan transformasiya jarayonlari natijasida bugun bunday jarrohlik amaliyotlari nafaqat poytaxtda, balki viloyat va tuman markazlarida ham muvaffaqiyatli o’tkazilmoqda.

1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi U.Barnoyev  nazorati doirasida o’rganilgan navbatdagi manzil tumanning "O’ba" mahallasi, Soqijon qishlog’ida yashovchi, uzoq vaqtdan buyon buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib kelayotgan 1-guruh nogironi O’ktam Toshovning dardiga mana shu yerning o’zida davo topildi.

Akademik Vosid Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tajribali shifokorlari – tibbiyot fanlari doktori Zohidjon Matkarimov, jarrohlar Jasur O’rinov, Muzaffar Rustamov va Shahzod Erkayevlar Romitan tuman tibbiyot birlashmasida ilk bor buyrak transplantasiyasini amalga oshirdilar.

Muhim jihat: Bemorga uning turmush o’rtog’i Malohat Boboyeva donorlik qildi. Hozirda har ikki bemorning ahvoli yaxshi va shifokorlar nazoratida.

Operasiya jarayonlari bilan tanishish maqsadida tumanga Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan mehmonlar va tuman hokimi Umedjon Barnoyev bemorlar holidan xabar oldilar. Muloqot davomida kelgusida tibbiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yuqori texnologik operasiyalarni doimiy yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.

"Inson qadri uchun" tamoyilining amaldagi ifodasi bo’lgan bunday tadbirlar aholining tibbiyotga bo’lgan ishonchini oshirmoqda. Endilikda romitanliklar nafaqat viloyat markaziga, balki o’z tumanlarida ham eng zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.

Bu kabi xayrli ishlar va tibbiyotdagi yangilanishlar deputatlar tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi. 

Slide 1 of 1