SARDOBA TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.
Bugungi kunda yurtimizda ekologiyani asrash, hududlarni yanada yashil va obod qilish maqsadida keng ko‘lamli ko‘chat ekish va obodonlashtirish tadbirlari olib borilmoqda. Bu boradagi ezgu tashabbuslar joylarda ham faol davom etmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi raisi R. Tashpulatov ham tuman hududida tashkil etilgan obobonlashtirish va ko‘chat ekish hasharida faol ishtirok etdi.
Hashar jarayonida tuman faollari, tashkilot va muassasalar vakillari, yoshlar hamda mahalla aholisi birlashib, hududni yanada obodonlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Obobdonlashtirish va ko‘chat ekish ishlari davomida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, ularni parvarishlash bo‘yicha zarur tavsiyalar ham berildi.