📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, kotibiyat mudiri N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis U.Kenjayevlar tomonidan o'tgan oy yakunlari sarhisob qilindi. Tahlillar davomida ayrim deputatlarning faoliyat samaradorligi (KPI) yetarli darajada emasligi aniqlandi.
✅Shu munosabat bilan deputatlar faoliyatini yanada jonlantirish, ularning ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida zarur tavsiyalar berildi. Kelgusida deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.