Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
янв.21
Xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Deputat “Navro‘z” saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
BUNYODKORLIK BUGUNDAN BOSHLANADI

 Mahalliy kengash raisi tomonidan ijtimoiy sohaning muhim tarmog‘i bo‘lgan ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yosh avlod kamoli yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, shu bilan birga hozirgi o‘smir-yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi e’tibor talab jihatlar xususida batafsil tushunchalar berildi. 

Yangi O‘zbekistonning bir bo‘lagi bo‘lgan yangilanayotgan Uchko‘prik tumanidagi o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlarida yoshlarning o‘rni hamda sog‘lom turmush tarziga erishishda sport va jismoniy madaniyatning ahamiyati, sport turlari bo‘yicha uchko‘priklik yoshlarning viloyat, respublika, Osiyo, jahon sport arenalarida qo‘lga kiritayotgan yuksak g‘alabalari tufayli ular tumanning iftixoriga aylanayotgani e’tirof etildi. 

Davra suhbatida bugun hududlarda innovatsiya va ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash borasidagi keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini berayotgani, ayniqsa, bugungi kun yoshlarini o‘zi tanlagan sohasiga qiziqishini yanada oshirish, layoqati bor yigit-qizlarni ta’limga va mutaxassisligiga to‘g‘ri yo‘naltirish ta’lim-tarbiyada erishajak yutuqlarning birlamchi omili ekani ta’kidlandi. 

Ertaga mehnat bozoriga kirib keladigan yoshlarni hayotga tayyorlash, zamonaviy kasblar to‘g‘risidagi tushunchalarini kengaytirish, kasbiy va nokasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha grant dasturlar, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ularning qiziqishlari hamda qobiliyatlarini inobatga olib, kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshiriladigan loyihalar haqida qiziqarli ma’lumotlar berilishi bilan davra suhbati yoshlar xotirasida qoladigan bo‘ldi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1