Uchrashuv davomida kasaba uyushmasining hududdagi ta'lim muassasalari bilan hamkorligi, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, o'qituvchi va murabbiylar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning muammolari va takliflari yuzasidan fikr almashildi.
Mas'ullar tomonidan tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, xodimlarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.