Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
янв.21
Xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Deputat “Navro‘z” saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
Zomin tumani Kengashi deputati L.Mustafakulova hamda "Madad" NNTning Zomin tumani huquqiy maslahat byurosi vakillari bilan hamkorlikda hududda navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabuldan ko'zlangan asosiy maqsad fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni joyida o'rganish, ularning murojaatlarini bevosita tinglash hamda tezkor va samarali hal etilishiga ko'maklashishdan iborat bo'ldi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan "mahalla yettiligi" bilan hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat atroflicha o'rganilib, Tegishli soha mutasaddilari ishtirokida masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shu bilan birga, fuqarolarga amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qo'shimcha o'rganish talab etiladigan masalalar esa tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 5