🔹 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N. Murodova 4-Qo‘rg‘oncha saylov okrugiga qarashli Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔹Uchrashuv davomida deputat tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, uning jamiyatdagi ahamiyati hamda amaliyotdagi ijrosi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
🔹Shuningdek, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
🔹Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.