Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Ohangaron
tuman Kengashi deputati Rustam Abdullaev o‘z saylov okrugi hududidagi “Ovjasoy”
MFYda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 Tashrif davomida deputat tomonidan mahallada
hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
Jumladan, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai
bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash
borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
 

 Shuningdek, hududdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf
etish, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy
va ma’naviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham
ko‘zdan kechirildi.
 

 O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar
tahlil qilinib, ularning samaradorligini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish,
aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan tegishli
taklif va tavsiyalar berildi.
 

 Mazkur o‘rganishlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish hamda mavjud muammolarni
tizimli hal etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 1