Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
Deputat faoliyatidan

 “Gulobod”da deputatning sayyor qabuliga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda 

Ohangaron tumanida aholi murojaatlari
bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida “Gulobod” saylov okrugida sayyor
qabulga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari
tuman Kengashi kotibiyati mudiri Madhiya Nishanova hamda Mahalla uyushmasi tuman
bo‘limi rahbari Ma’ruf Toshboev hududga tashrif buyurib, tayyorgarlik jarayonlarini
ko‘zdan kechirishdi.
 

Tashrif davomida sayyor qabulni yuqori
saviyada tashkil etish, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish va murojaatlarni
tizimli qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qabul jarayonida mutasaddi
tashkilotlar rahbarlarining ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham zarur choralar belgilandi.
 

Mutasaddilar murojaatlarga joyida
yechim topish, ortiqcha sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik va har bir masala yuzasidan
aniq mas’ullarni belgilash orqali ijro intizomini kuchaytirish muhimligini ta’kidlashdi.
 

Qayd etilganidek, puxta tayyorgarlik
asosida o‘tkaziladigan sayyor qabul aholini qiynayotgan muammolarni tezkor hal etish,
davlat organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va joylarda amaliy natijadorlikni
ta’minlashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 1