Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
Deputat nazorati

 Tibbiy xizmat sifati — deputatlik nazoratida

 Ohangaron tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy
xizmatlar sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud holatni o‘rganish
va muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Ana
shunday o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zbekiston “Adolat”
SDPdan saylangan deputat Anvar Abduraxmonov tomonidan “Nurobod” saylov okrugida
joylashgan ko‘p tarmoqli poliklinika faoliyati o‘rganildi.
 

O‘rganishlarda tuman Kengashi kotibiyati
bosh mutaxassislari Gulruh Erkinova va O‘tkir Abduqodirov hamda partiya faoli A.
Mirzavaliev ishtirok etishdi. Bu esa o‘rganish jarayonini yanada kompleks va tahliliy
yondashuv asosida tashkil etish imkonini berdi.
 

Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy
yordam ko‘rsatilishi holati, xususan, bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash
tizimi atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, tibbiyot muassasasida yaratilgan
shart-sharoitlar, shifokorlar malakasi, bemorlarni qabul qilish jarayoni va navbatlar
holati ham diqqat markazida bo‘ldi.
 

Ayniqsa, bepul tarqatiladigan dori vositalarining
mavjudligi, ularni saqlash tartibi va aholiga yetkazish mexanizmiga alohida e’tibor
qaratildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar yuzasidan
mas’ullar bilan fikr almashildi.
 

O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolarni
bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash va aholini dori-darmonlar
bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
  

Slide 1 of 3