Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
#jarayon

#jarayon

#Aholiga o'z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati hamda #Bepul beriladigan dorilar bilan taminlash holati o'rganildi

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida aholiga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish holati hamda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash jarayoni o‘rganildi.

🩺O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasining qabul bo‘limi, ambulatoriya va statsionar bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning ish faoliyatidagi mavjud muammolar va takliflari tinglandi.

💉Shuningdek, aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatishning sifati, bemorlarning navbat kutish holatlari, shoshilinch yordam ko‘rsatish tizimi va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi atroflicha tahlil qilindi.

💊Alohida e’tibor bepul berilishi lozim bo‘lgan dori vositalari bilan ta’minlash masalasiga qaratildi. O‘rganish davomida dori vositalarining mavjudligi, ularni saqlash sharoitlari hamda bemorlarga yetkazib berish tizimi ko‘zdan kechirildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3