Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
#deputatlik_faoliyati

#jarayon

Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta'lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati

📍Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Dushayeva tomonidan o'z hududidagi 66-umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi. Tashrif davomida maktabda yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🖋Xususan, deputat bevosita sinf xonalariga kirib, dars jarayonlarini kuzatdi. O‘qituvchilarning dars o‘tish uslubi, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish darajasi hamda o‘quvchilarning faolligi va bilim olishga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tiborga olindi.

📚Shuningdek, o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. O‘qituvchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.

⚽️O'rganish jarayonida maktabning sport zali ham o‘rganildi. Undagi mavjud sharoitlar, sport jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini olib borish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida zarur tavsiyalar berildi.

📌Bundan tashqari, o‘quvchilarning davomat ko‘rsatkichlari ham tekshirildi. Ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, o‘quvchilarning darslarga muntazam qatnashishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2