Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
янв.21
Xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Deputat o‘rganishi: Tibbiyot muassasasidagi dori ta’minoti nazoratga olindi

Deputat o‘rganishi: Tibbiyot muassasasidagi dori ta’minoti nazoratga olindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A.Avliyakulov tumandagi "M.Eshtemirov" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan tibbiyot muassasasida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

Bepul dori-darmon ta’minoti: Davlat tomonidan imtiyozli asosda, bepul berilishi ko‘zda tutilgan dori vositalarining mavjudligi va ularning haqiqatda ehtiyojmand bemorlarga yetkazib berilish holati;

Shart-sharoitlar: Tibbiyot maskanida bemorlar va xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar;

Murojaatlar ijrosi: Aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi va dori ta’minotidagi shaffoflik.

Deputat o‘rganish yakunida mas’ul xodimlarga dori vositalari zaxirasini doimiy nazorat qilib borish va aholi orasida imtiyozli dori-darmonlar olish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 5