Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
"Shodlik" mahallasida I chorak sarhisobi: mas’ullar faoliyati tahlil qilindi

🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Karimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov "Shodlik" mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining joriy yil I choragi davomida amalga oshirgan ishlarini atroflicha tahlil qildilar.

⏺O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida o‘tkazilib, quyidagi mas’ullar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi:

💬 Hokim yordamchisi: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar;

💬 Xotin-qizlar faoli: Ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish va xotin-qizlar bandligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar;

 💬 Profilaktika inspektori: Hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda "xavfsiz mahalla" tamoyilini joriy etish samaradorligi.

✔️Tahlil davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, istiqboldagi vazifalar ham belgilab olindi.

💬Deputat tomonidan mahalla xodimlariga aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va har bir muammoga manzilli yondashish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2