Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
"Temiryo‘lchi" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati va "24 yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, asosiy e’tibor aholining bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash natijadorligiga qaratildi.

💬Jumladan:

✔️Mahallada tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 8 nafar fuqaroga o‘zini-o‘zi band qilish va kichik biznesni yo‘lga qo‘yish uchun 10 million so‘mdan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi ta’minlangan.

✔️Olib borilgan tizimli ishlar natijasida mahalladagi 7 nafar ishsiz fuqaroning doimiy bandligi ta’minlanib, ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashilgan.

✔️Mahalladagi ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish maqsadida 2 nafar fuqaro maxsus o‘quv kurslariga yo‘naltirilgan.

🫥O‘rganish yakunida deputat va kotibiyat mudiri hokim yordamchisining ish faoliyatini tahlil qilib, kelgusida ham "Kambag‘allikdan farovonlik sari" tamoyili asosida ishlarni yanada jonlantirish va har bir xonadon imkoniyatlarini yuzaga chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berdi.