Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
Aholi bandligi masalasi o‘rganildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Bo‘stonliq tumani hududidagi “Dumaloq” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, deputat Ashurov tomonlaridan “mahalla yettiligi” a’zolari hamda murojaatchilar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

🔹Suhbat chog‘ida mahalla fuqarolar yig‘ini binosining bo‘sh turgan qismidan samarali foydalanish to‘g‘risida takliflar, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, kasbiy o‘quv kurslariga yo‘naltirish orqali bandlikni oshirish, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

🔹O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflarga huquqiy tushuntirishlar berildi Bu kabi ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida hal etish, fuqarolar bilan yaqindan ishlash va hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi

Slide 1 of 4