Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
янв.21
Xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Deputat murojaat asosida fuqaro muammosini o‘rgandi

♻️ Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isayeva tomonidan Arabota mahallasida yashovchi fuqaro Gʻ.Do‘sanovning murojaati asosida uning xonadonida o‘rganish ishlari olib borildi.

🌴 O‘rganish jarayonida fuqaroning tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq masalalari atroflicha ko‘rib chiqilib, amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 1 apreldagi “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-681-sonli Qonuni mazmun-mohiyati fuqaroga batafsil izohlandi.

🌿Shuningdek, tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish, aholi daromadlarini oshirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

✔️Mazkur uchrashuv fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning huquqiy xabardorligini oshirish va joylarda mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3