Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 19-U.Yusupov deputati Gulsara Rizayeva tomonidan “U.Yusupov” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilning 1-choragi yakunlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi.

Mazkur uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilning 1-choragi yakunlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi. Xususan, o‘tgan davr mobaynida fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rganish, hududdagi dolzarb muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot taqdim etildi.

Qayd etilishicha, deputat tomonidan hisobot davrida 3 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, muhim masalalar tegishli idoralar darajasida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, jami 9 ta murojaat o‘rganilib, ularning 5 tasi ijobiy hal etilgan, 4 tasi yuzasidan esa amaldagi qonunchilik asosida tushuntirishlar berilgan.

Bundan tashqari, deputat tomonidan 2 marotaba sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Targ‘ibot ishlari doirasida “Nurli istiqbol” (https://t.me/BoyovutKengashiYangiliklari/3737) gazetasida 1 ta maqola chop etilgan. Shuningdek, Gulsara Rizayeva 4 ta doimiy komissiya yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, tuman miqyosidagi muhim masalalarning muhokamasida munosib hissa qo‘shgan.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar qayd etilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 4