Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 22-okrug deputati U.Noraliyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ashirmatov tomonidan hududlarda olib borilayotgan nazorat tadbirlari izchil davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari doirasida ular tuman markazidagi Zebuniso mahallasida faoliyat yuritayotgan “Dori-darmon” dorixonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dorixonadagi dori vositalarining narx-navosi, ularning sifati, assortimenti hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat darajasi atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, narxlarning asossiz oshirilishining oldini olish va xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bu kabi nazorat tadbirlari aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash va ochiqlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5