Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala  

Bandixonda tibbiyot maskanlari zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.Jurayev hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Pardayev tumandagi “Bahoriston” mahallasida joylashgan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 39-oilaviy poliklinikasining G'afur G'ulom filialida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

✅ O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅Sifat nazorati: Qurilish ishlarining belgilangan loyiha va me’yorlarga mosligi;

✅Muddat: Ishlarning o‘z vaqtida yakunlanishi va aholi foydalanishiga topshirilishi;

✅Sharoitlar: Kelgusida bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun yaratiladigan qulayliklar.

✅"Maqsadimiz — chekka hududlardagi tibbiyot maskanlarini ham shahar markazidan qolishmaydigan darajada jihozlash va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashdir," — deb ta’kidladi tuman Kengashi raisi.

✅ Natijadorlik va vazifalar

O‘rganish yakunida mas’ul pudratchi va quruvchilarga ishlarni sifatli yakunlash, hududni obodonlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅Tez orada ushbu filial o‘zining yangi va zamonaviy qiyofasida “Bahoriston” va unga yaqin hudud aholisiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Slide 1 of 1