Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
“Deputat o‘z ish joyida fuqaroni qabul qilib, muammosini hal qildi”

Bugun 2026-yilning 10-aprel kuni Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati A.Karimov Mirobod tumani “Fayziobod” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan ikki nafar fuqaroni murojaatlari yuzasidan qabul qildi.

Murojaatchi opa-singillar tomonidan singlisini opasining nomida bo‘lgan yashash joyiga singlisini doimiy ro‘yxatga qo‘yish, shuningdek, opasi tomonidan yakka yolg‘iz, yaqin qarindoshlari qaramog‘iga, oddiy mehrga muhtoj, farzandlari yo‘q singlisini vasiylikka olish, bu borada Hujjatlarni rasmiylashtirish masalasida yordam so‘raldi.

Deputat A.Karimov joyida “Fayziobod” MFY raisi Ismatilla Yuldashev hamda tuman IIOFMB fuqarolarni ro‘yxatga olish bo‘limi bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritdi.

Murojaat ijobiy hal etilishi, buning uchun hujjatlar to‘plamini tezda bo‘limga o‘rnatilgan tartibda taqdim etish, mahalla yettiligining ijobiy xulosasi berilishini tushuntirdi. 

Opa-singillarning murojaati mahalla raisi, uyushma raisi va deputat tomonidan nazoratga olingani ma’lum qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash

Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/

Slide 1 of 2