Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
Nizoli oila yarashtirilib, mulkiy masalasi hal etildi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov o‘z saylov okrugidagi “Shanbe” MFYda bo‘lib, aholi muammolarini o‘rgandi.

Ushbu jarayonda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Hayitova, Nuroniylar kengashi raisi B.Saidov hamda ichki ishlar va kadastr xizmati xodimlari ham ishtirok etishdi. Tashrif davomida ko‘pdan buyon davom etib kelayotgan nizoli oilaning murojaati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mutasaddilarning aralashuvi va tushuntirish ishlari natijasida tomonlar o‘zaro yarashtirildi. Nizoga sabab bo‘lgan mulkiy masala ham ijobiy hal etildi: xonadon hisobidan alohida xo‘jalik uchun kadastr hujjatlari rasmiylashtirib beriladigan bo‘ldi. Bu bilan oiladagi hamjihatlik qayta tiklanib, uzoq yillik muammoga nuqta qo‘yildi.

Slide 1 of 5