Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
SIYOSIY PARTIYALAR VAKILLARI "INSON" IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHDI.

SIYOSIY PARTIYALAR VAKILLARI "INSON" IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHDI.

 Tumanda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar vakillari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, markazda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, xususan kam ta’minlangan oilalarga berilayotgan ijtimoiy yordamlar holati o‘rganildi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash, manzilli ko‘mak berish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganishlar jarayonida markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

 Ma’lumot uchun:

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Ijtimoiy reyestrda turgan:

• 351 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari,

• 21 nafar fuqaroga kiyim-kechak,

• 2 nafarga kommunal qarzdorlikni qoplash,

• 5 nafarga davolanish xarajatlari uchun moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.

Slide 1 of 5