Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-330-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarorlariga asosan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining tegishli qarori (https://t.me/bust_kengash/7583) bilan tumanning ichki yo‘llarini ta’mirlash uchun mablag‘lar ajratilgan.

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi F.Axmedov, kotibiyat mudiri J.Sadirov, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumanning “Kichiksoy” mahallasining Ziyokorlar ko‘chasida amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida belgilangan ichki yo‘lning ayrim qismlari asfaltlashtirish ishlaridan oldin tozalanmaganligi, ayrim joylarida asfalt qoplamasi jipslashtirilmaganligi aniqlandi.

🔷Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 3