Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati T. Ismoilov tomonidan o‘z saylov okrugiga kiruvchi Rishton tumani “Oq Oltin” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolarining ish faoliyati, aholi bilan olib borilayotgan manzilli ishlari, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan loyihalar, aholi turmush sharoitini yanada yuksaltirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Shu bilan birga, “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va hududni kompleks rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Slide 1 of 1