Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isayeva tomonidan tumandagi Arabota mahallasida yashovchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isayeva tomonidan tumandagi Arabota mahallasida yashovchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

✔️Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Saylovchilar mahalladagi mavjud muammo va kamchiliklar, xususan infratuzilma, kommunal xizmatlar hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Barcha murojaatlar deputat tomonidan diqqat bilan tinglanib, tegishli tartibda hal etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

✔️Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 

5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqarolarga mazkur qonunning ahamiyati, tartib-qoidalari va amaliy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

✔️Uchrashuv yakunida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, fuqarolar bilan doimiy muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3