Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
янв.21
Xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Deputat “Navro‘z” saylov okrugida o‘rganish olib bordi
Samarqandda yirik sanoat loyihalari: yangi ish o‘rinlari va eksport imkoniyatlari kengaymoqda

Samarqandda yirik sanoat loyihalari: yangi ish o‘rinlari va eksport imkoniyatlari kengaymoqda

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati A. Qayumov tashabbusi bilan o'z okrugidagi Yangiariq mahallasida zamonaviy sanoat korxonalari tashkil etildi.

✅ Hududlarda sanoatni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

✅ Xususan, “Qayumov Stroy Invest” MChJ tomonidan gazoblok ishlab chiqarish zavodi ishga tushirilib, yiliga 420 ming kub metr mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada dastlab 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi. To‘liq quvvatga chiqqach, jami 500 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

👍 Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bir qismi eksportga yo‘naltirilib, bu hududning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

🏗 Shuningdek, hududda ohak ishlab chiqarish zavodi ham barpo etilmoqda. Mazkur loyiha ishlab chiqarish zanjirini mustahkamlash bilan birga, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

👍 Amalga oshirilayotgan loyihalar natijasida hududda sanoat ishlab chiqarish hajmi ortib, aholi bandligi ta’minlanmoqda hamda mahalliy xom ashyodan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda.

👍 Mazkur tashabbuslar hudud iqtisodiy rivojiga xizmat qilib, viloyat sanoat salohiyatini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

✅@sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)

Slide 1 of 4