Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
Oliy Majlis Senati Qo'mitasi hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashining qo'shma yig'ilishi o'tkazildi.

Oliy Majlis Senati Qo'mitasi hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashining qo'shma yig'ilishi o'tkazildi.

⚡️2026-yil 16-mart kuni Kengashlar uyibinosining 12-qavatidagi Majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, Xotin-Qizlar, Madaniyat va Sport masalalari Qo‘mitasi hamda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan qo‘shma tarzda yig‘ilish tashkil etildi. 

⚡️Mazkur yig‘ilishda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, ishchi guruh rahbari Kozixonova Orzigul Muydinovna, mazkur qo‘mitada doimiy asosda ishlovchi senator Kadirxanova Malika Akbarovna, viloyat Kengashi deputatlari, shuningdek Samarqand viloyati Yoshlar parlamenti a’zolari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

⚡️Oliy Majlis Senatining 2026-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan mart oyida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Samarqand viloyatida yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish hamda ularning bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar holatini oʻrganish muhokama qilindi.

💠Shuningdek, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining 2026-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Samarqand viloyati hududiy komissiyasi faoliyatini o‘rganish nazarda tutilgan.

✅@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 8