DEPUTAT FAOLIYATI: MAHALLADAGI "YETTILIK" ISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati M.Mamurjonova o‘z faoliyatini mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlari asosida davom ettirmoqda.
Navbatdagi o‘rganish manzili — "Mehnat" mahallasi bo‘ldi. Deputat mahalla hayotini tubdan yaxshilashga mas’ul bo‘lgan "yettilik" tizimi faoliyatini atroflicha tahlil qildi.
O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?
Ijtimoiy himoya: "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dagi fuqarolar bilan manzilli ishlash holati;
Bandlik: Hokim yordamchisi tomonidan aholiga ajratilayotgan subsidiyalar va yangi ish o‘rinlari yaratilishi;
Huquqbuzarlik profilaktikasi: Hududda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar;
Ma’naviy muhit: Xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisining oilalar bilan ishlash samaradorligi.
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Infratuzilma va aholi murojaatlari bilan bog‘liq ayrim masalalar deputatlik nazoratiga olindi.