O‘rganish jarayonida kutubxonaning hozirgi holati, kitob fondi, abonentlar soni hamda mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari yuzasidan deputat hamda maktab jamoasi o‘rtasida muhokamalar olib borildi. Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, kutubxona sharoitlarini yaxshilash, kitob fondini boyitish hamda o‘quvchilarni kutubxonaga kengroq jalb etish bo‘yicha deputat va maktab jamoasi tomonidan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.