Yangiliklar

Deputat maktab kutubxonasi bilan tanishdi

Sarimoy mahallasi hududidagi 11-son maktab kutubxonasida bo‘lib, maktabda kitob ixlosmandlari bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda mahalliy aholi uchun kitob mutolaa qilishga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kitobxonlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar berdi. Hududda asosan turkman millatiga mansub aholi istiqomat qilishini inobatga olib, turkman tilidagi badiiy adabiyotlar sonini ko‘paytirish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 2