⏺Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati G.Xudaykulova o‘zi saylangan 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugiga qarashli “Jo‘yjangal” mahallasida bo‘lib, navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.
💬Deputat dastlab mahalla idorasida faollar va aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazib, Senat qarorining mazmun-mohiyati hamda hududdagi ijtimoiy vaziyatni muhokama qildi.
💬Uchrashuvdan so‘ng, mahalla faollari hamrohligida mahallaning ichki ko‘chalari hamda aholi xonadonlariga tashrif buyurib, mavjud muammolarni joyida o‘rgandi.
🔵O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.